Maskerano: "Bravo "Barselona"da qolishini istayman, u kerakli futbolchi"

Aslanov Jasurbek
16 avg 2016, 15:18
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano jamoa darvozaboni Klaudio Bravoning "Manchester Siti"ga o'tishi haqidagi ma'lumotga fikr bildirdi.

"Bu qanchalik to'g'ri ekanligini bilmayman. Inson klubini o'zgartirish haqida qaror qabul qilganida, u o'z kelajagini o'ylaydi. Klaudio "Barselona"da qolishini istayman, u biz uchun muhim futbolchi edi" - deydi Maskerano.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca