

Kecha o'z maydonida G'uzorning "Sho'rtan-Ledi" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahrom Norsafarov shogirdlari safida har ikki golga Shahnoza Qurbonova mualliflik qildi.
Ushbu mavsum ayollar chempionatida 11 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda ikkinchi tur start olgan. "Mashal-W" navbatdagi tur bahsini o'z maydonida Qarshining "Sevinch" jamoasiga qarshi 8-may kuni o'tkazadi.
Ayollar chempionati, 2-tur
"Mashal-W" - "Sho'rtan-Ledi" 2:0
Gollar: Shahnoza Qurbonova (2 ta)



