

O'yinni tomosha qilish uchun PFL sayti bergan ma'lumotga ko'ra Bahrom Vafoev nomidagi stadioniga 503 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu natija 2015 yildagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Bunga qadar antirekord 3-turdan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Sho'rtan" uchrashuvida qayd etilgandi - 522 tomoshabin.
Eng ko'p tomoshabin esa 10-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" o'yiniga kelgandi - 17143.



