"Mashal" jamoa bosh murabbiyining sog'lig'i haqida ma'lumot berdi

Khoja
15 mar 2026
"Mashal" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Igor Surovning sog'lig'i haqida ma'lumot berdi.

“Mashal” jamoasi bosh murabbiyi Igor Surovning sog'ligi asta-sekin tiklanmoqda. Ayni vaqtda mutaxassis jamoa shifokorlari nazorati ostida bo'lib turibdi.

Ma'lum qilinishicha, murabbiy to'liq tibbiy ko'rikdan o'tdi va shifokorlar uning holatini doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda. Jamoa shifokorining takidlashicha, Igor Surovning holati kun sayin yaxshilanmoqda va u yaqin kunlarda jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.

Shuningdek, mutaxassisning kelgusi uchrashuvlarga tayyor bo'lishi kutilmoqda", - deyilgan klub tomonidan taqdim etilgan xabarda.





KhojaMuallif
Manba: @Mashal_uzbekistan