"Mashal" 6 yildan so'ng "Sho'rtan"ni safarda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2017, 08:57
Oliy liganing 3-turida "Sho'rtan" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda muborakliklar Sardor Rahmonov va Zafar To'raevning gollari evaxiga 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu tariqa, "Mashal" 2011 yildan buyon ilk bor G'uzorda g'alabaga erishdi.

"Sho'rtan" o'z uyida oxirgi uchta o'yinda bu jamoani bir xil 1:0 hisoblarida mag'lub etgandi.

G'uzorda o'tgan oxirgi beshta o'yin:
2011 - "Sho'rtan" - "Mashal" 1:4
2012 - "Sho'rtan" - "Mashal" 1:0
2015 - "Sho'rtan" - "Mashal" 1:0
2016 - "Sho'rtan" - "Mashal" 1:0
2017 - "Sho'rtan" - "Mashal" 0:2

Ma'lumot uchun, 2013 yil "Mashal", 2014 yil "Sho'rtan" oliy ligada o'ynamagan. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia