"Mashal" 10 kunlik tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2015, 11:12
"Mashal" kecha Oliy liganing 29-tur bahsini "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoamiz a'zolari 10 kunlik tatilga chiqdi.

Milliy terma jamoalarning FIFA kunlaridagi uchrashuvlari munosabati bilan PFL o'yinlarida tanaffus yuzaga kelgan.

"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turini o'z maydonida Qarshining "Nasaf"iga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin 20 noyabrga belgilangan. Shu bois futbolchilarimiz 13 noyabrgacha tatilda bo'ladi va shundan so'ng bir hafta davomida mazkur bahsga tayyorgarlik olib boradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz