

"Terma jamoada Azar aqlbovar qilmas darajada o'ynamoqda. Agar Ronaldu va Messini hisobga olmay turadigan bo'lsak, o'yin taqdirini bu darajada hal qilib yubora oladigan o'yinchini topa olmaysiz. Jahon chempionatida Azar terma jamoaning yetakchisi bo'ldi va bronza medallarini qo'lga kiritishda yordam berdi. Ayni paytda Azar faoliyatidagi eng yaxshi damlarni o'tkazmoqda", - dedi Martines.




