Martin Edegor: Realga pul uchun o'tmadim

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2015, 20:05
Realga ko'chib o'tgan 16 yoshli yarim himoyachi Martin Edegor Madrid klubiga pullarni deb kelmaganini ma'lum qildi.
Moliyaviy tomonlarni muhokama qilmoqchi emasman. Pullar Realga o'tishimning sababi emas. Men sport nuqtayi nazaridan eng maqbul variantni tanladim.

Asosiy jamoadagi debyut men uchun stressga aylanmaydi. O'ylashimcha, Realda yanada kuchli bo'laman, - deydi Edegor.

Oldinroq norvegiyalik futbolchi Madridda yiliga 2 million evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru