Martin Breytueyt: “Barsa” uchun birinchi golim – bu hali boshlanishi”

15 iyun 2020, 00:49
“Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt jamoasining “Malorka”ga (4:0) qarshi bellashuvida raqib darvozasini ishg'ol etdi va bundan xursandchiligini yashirmadi.

“Ajoyib hissiyotlar. Munosib g'alaba. Birinchi gol. Bu hali boshlanishi” deya o'zining Tvittyerdagi sahifasida izoh qoldirdi kataloniyaliklar hujumchisi.

Breytueyt fevral oyida “Leganes”dan “Barsa”ga transfer qilingandi. 29 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida to'rtinchi rasmiy uchrashuvni o'tkazdi va “Malorka”ga qarshi bellashuvda o'zining ilk golini kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Мартин Брейтуэйтнинг Твиттер саҳифаси