Martin Breytueyt Dembele haqida: "Bunday iqtidorni ko'rmaganman"

Iskandarov Abdulaziz
9 sen 2022, 20:58
"Barselona" sobiq futbolchisi Martin Breytueyt Usmon Dembele haqida fikr bildirdi.

"Dembele Levandovskidan farq qiladi. Robert ko'proq gol uradi. Usmon juda yaxshi yigit. U menga yoqadi. Futbolchida istedod bor. Men bunday iqtidorni ko'rmaganman.  Lionel Messi - butunlay boshqacha futbolchi. Biroq Usmonga o'xshagan odamni uchratmaganman",- deydi Breytueyt. 

25 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing 4ta o'yinida 1ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Catalunya Ràdio