

Futbolchi Kamerunga qarshi o'yinda (3:2) olgan jarohatini davolab bo'ldi. Antoni oyog'ida hech qanday og'riq sezmayapti va maydonga tushishga tayyor. Fransiya ertaga Metc shahrida Shotlandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu Yevropa chempionati mezbonlari uchun musobaqadan oldingi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi.
10 iyun kuni Fransiya Evro-2016ning dastlabki uchrashuvini Ruminiyaga qarshi o'tkazadi.



