Marselo va Serxio Ramos mashg'ulotda janjallashib qolishdi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019
"Real"ning shanba kungi mashg'ulotida himoyachilar Serxio Ramos va Marselo o'rtasida kichik kelishmovchilik sodir bo'ldi.

Ular mashg'ulot payti boshqa-boshqa jamoada edi. Ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar sardoriga braziliyalikning g'alabani nishonlashi yoqmadi va Ramos unga etiroz bildirdi. Marselo esa g'alabalarni doimo shunday nishonlashini aytdi.

Futbolchilar aralashmaguncha janjal bir necha daqiqa davom etdi. Mashg'ulot yakunida himoyachilar kelishib olishdi.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca