Marselo: "Real" ketma-ket ikki marta mag'lub bo'lishga haqqi yo'q"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2014, 12:29
"Real" himoyachisi Marseloning so'zlariga ko'ra, hech kim jamoa kuchiga shubha qilayotgani yo'q.
"Jamoa imkoniyatlari borasida bizda shubha yo'q. Biz nimalarga qodirligimizni bilamiz. Jamoa katta ishni amalga oshirdi va ketma-ket ikki marta mag'lub bo'lishga haqqi yo'q. Oson bo'lmadi, ammo umidni yo'qotmadik. "Real"ni tark etgan futbolchilarga keladigan bo'lsak, ular kuchli o'yinchi bo'lgan. Hozir biz qolganlardan yaxshi foydalana olishimiz kerak" - deydi Marselo.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com