Marselo mushakdagi muammolar tufayli "Atletiko"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 fev 2016, 10:53
"Real" himoyachisi Marseloning "Atletiko"ga qarshi Madrid derbisida ishtirok etishi so'roq ostida.

Braziliyalik futbolchi o'z jamoasining so'nggi mashg'ulotini yakunlay olmadi. Uning mushaklarida muammolar bor. Gap jiddiy jarohat haqida ketmayapti, ammo uning elkasidagi muammoni hisobga olsak, Marseloning "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi noma'lum.

"Real" - "Atletiko" o'yini 27 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca