Marselo Belsa: "O'zbekiston - mundialga boradigan jamoa"

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa Malayziyada o'tkaziladigan Dominikan Respublikasi va O'zbekistonga qarshi uchrashuvlar haqida fikr bildirdi.

"O'zbekiston - mundialga boradigan jamoa. Bu katta natija. Dominikan Respublikasi esa yo'q. Dominikan terma jamoasida xorijda o'ynaydigan futbolchilar ko'p. Ikki mamlakat o'rtasidagi farq shu. Ikki raqib ham bizga jiddiy qarshilik ko'rsatadi", – dedi Marselo Belsa.

O'zbekiston – Urugvay uchrashuvi 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahridagi "Xang Jebat" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.




Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia