

Fransiya chempionati muxlislarini ajoyib mavsum bilan tabriklayman. Bu yerda juda kuchli futbolchilar bilan birga ishlamoqdaman. Faoliyatim davomidagi eng kuchli futbolchilar qo'l ostimda shug'ullanishmoqda. Mavsum davomida juda ko'p mag'lubiyatlarga uchradik. Vaholanki ushbu o'yinlarda o'zimiz uchun kerakli natijani qayd etsak ham bo'lardi. Shu bois egallab turgan to'rtinchi pog'onamizdan qoniqmadim. Yanada yaxshiroq natijani ko'rsatishimiz mumkin edi.



