Markus Reshford: "Optimal sport formamga qaytish uchun APLda yaxshi o'rinni egallab turgan va YCHLda ishtirok etayotgan klubga o'tdim"

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2025, 11:54
"Manchester Yunayted"dan "Aston Villa"ga ko'chib o'tgan angliyalik hujumchi kelajakka ishonch bilan qaramoqda.

Markus Reshford "Aston Villa"ga o'tganiga munosabat bildirdi.

"Bu klub APLda yaxshi o'rinni egallab turibdi va yanada yuqoriroq o'rinlarga intilmoqda.

Jamoa Chempionlaro Ligasidagi ishtirokini ham davom ettirmoqda. Bu yerda yuqori maqsadlarni ko'zlagan murabbiy va iqtidorli futbolchilar jamlangan.

Nazarimda, o'yin uslubim mos keladigan, mening foydam tegadigan va o'zimning eng yaxshi sport formamga qaytishimda menga yordam beradigan jamoani tanladim.

Klubdagi vaqtimdan maksimal ravishda unumli foydalanmoqchiman va buning yagona yo'li – o'zimning kuchli jihatlarimdan foydalanish", – dedi Markus Reshford.

Sancho Reshfordning "Aston Villa"ga o'tganiga munosabat bildirdi

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" 24-turdan keyin 29 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi, 37 ochkosi bor "Aston Villa" esa 8-pog'onani band etgan.


"Manchester Yunayted" muxlislari buni ko'rmagani yaxshi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal