

– Eng yomoni davolanish vaqtida doim yolg'iz bo'lasan. Eng og'iri mana shu. Uch haftadan keyin barchasi jonimga tegdi. Bu jiddiy ruhiy sinov.
Biz futbolchilar katta pul topamiz, ammo bazida o'z sog'ligimizni yo'qotamiz. Yana sog'lom bo'lish uchun barcha pullarimni berishga tayyor edim. Sevgan mashg'ulotimni bajarish uchun: futbol o'ynash uchun.
– Tashxisni eshitgach yig'ladingizmi?
– Ha. Finalda meni almashtirishganida ko'z yosh to'kkandim. 2-3 kun o'tib maydonda nima bo'lganini eslab yig'lagandim.



