Marko Roys: Maqsadim – Borussiya bilan bundesligada g'olib bo'lish

Narzulla Saydullayev
23 fev 2015, 09:02
Dortmundning Borussiya klubi yarim himoyachisi Marko Roys nima uchun klub bilan shartnomani uzatirganini aytib berdi.
Eng yaxshi variant bo'lgani uchun Borussiyada qolishga qaror qildim. Dortmund – mening qadrdon shahrim, bu yerda oilam va do'stlarim bor. Axir futboldan keyin ham hayot bor.

Bundesligadagi chempionlik hamon mening bosh maqsadim hisoblanadi. Chempionlikni o'z shahrimda nishonlashni istayman.

Bu amalga oshishi uchun bor kuchim bilan o'ynayman. Maqsadimga albatta yetishaman, buni his qilayapman, – deydi Roys.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru