Marko Roys: "Endi o'zimizga bo'lgan ishonch ortdi"
Tolibjon Qosimov
31 mar 2014, 16:13
"Borussiya" yarim himoyachisi Marko Roys YCHL chorak finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– "Shtutgart" ustidan qozonilgan g'alaba juda muhim edi, endi o'zimizga bo'lgan ishonch oshdi. "Real"ga qarshi o'yinga to'la tayyormiz. Imkoniyatlardan to'liq foydalanish kerak, – deydi yarim himoyachi sport1.de nashriga.