

QOZOG'ISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – Turon)

Qozog'iston chempionatida 9-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Oqjetpes – Aqtobe – 1:3
Atirau – Jetisu – 1:1
Ulitau – Astana – 0:2
Jenis – Qiziljar – 0:0
Qaysar – Turan – 1:0
Elimay – Qayrat – 1:0
Tobil – Ordabasi – qoldirilgan
Ushbu turda eng ko'p tomoshabin Elimay – Qayrat uchrashuviga tashrif buyurgan (8300 kishi).
Turnir jadvalida Aqtobe birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Peshqadamlikdan tushgan Qayrat 23 ochko bilan eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev va Astana hujumchisi Marin Tomasov 6 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.

10-tur o'yinlari 24–25 may kunlari o'tkaziladi:
24 may
Qayrat – Oqjetpes
Astana – Jenis
Ordabasi – Ulitau
25 may
Jetisu – Aqtobe
Qiziljar – Elimay
Atirau – Qaysar
Turan – Tobil
TOJIKISTON
O'zbekistonlik futbolchilar
Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).

Tojikiston chempionatida 9-tur o'yinlari ortda qoldi. Istiqlol safarda Ravshanga imkoniyatni boy berib qo'yganiga qaramay, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. O'tgan turda yetakchidan ochko tortib olgan Vaxsh bu safar ham durang o'ynab, 1-o'ringa ko'tarilib olish imkoniyatini boy berdi.


To'purarlar jadvalida esa birato'la to'rt nafar futbolchi 5 tadan gol urgan holda yetakchilik uchun kurash olib bormoqda.

Shuningdek, 9-turga tashrif buyurgan tomoshabinlar ko'rsatkichi e'lon qilindi. Unda eng yuqori ko'rsatkich 17000 nafar muxlisni tashkil etgan.

10-tur o'yinlari 21–30 may kunlari o'tkaziladi.
QIRG'IZ RESPUBLIKASI
O'zbekistonlik futbolchilar
Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shSU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 10-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turning markaziy o'yinida Alay Muras Yunaytedni 2:1 hisobida mag'lub etib, turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldi.

To'purarlar jadvalida Romario Richard, Oleksiy Zinkevich va Eldar Moldojunusov 6 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.

11-tur o'yinlari 22–25 may kunlari o'tkaziladi.
TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida 11-tur bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Ashxabad” – “Kopetdag” – 0:0
“Shagadam” – “Arkadag'” – 1:4
“Merv” – “Nebitchi” – 0:0
“Altin Asir” – “Ahal” – 3:1
Turnir jadvalida 8 o'yindan 24 ochko jamg'argan Arkadag' peshqadamlik qilmoqda. Ahal 11 o'yinda shuncha ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalida 100 foizlik natija qayd etayotgan Arkadag' oradan uch kun o'tgach, mamlakat kubogi chorak finalida Nebitchi darvozasiga javobsiz 6 ta to'p kiritdi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.



