Mario Gomes chorshanba kuni umumiy guruhga qaytadi
Narzulla Saydullayev
3 fev 2014, 22:28
Fiorentina hujumchisi Mario Gomes tizzasidagi og'ir jarohatdan so'ng safga qaytishga yaqin.
28 yoshli Germaniya terma jamoasi a'zosi 2013 yil sentyabr oyidan buyon maydonga tushmagandi. U jarohatidan qutuldi va chorshanba kuni umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlaydi.