
"To'g'risini aytganda, men bugungi kun bilan yashayman. Kelajak haqida ko'p ham taxminlar, rejalar qilavermayman. Hozirgi vaqtda meni "Milan"da barchasi qoniqtiryapti. Yozda nima bo'lishi haqida berilgan savollarga esa hozir javobim yo'q. Ishonamanki, yaqinda yana gollar urishni boshlayman va men tomon tanqidlar biroz kamayadi", deya hujumchi so'zlaridan "Sky Sport Italia" iqtibos keltirmoqda.