Mario Balotelli: “Oldin ko'p xatoga yo'l qo'ymas edim”

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013, 10:26
Italiya terma jamoasi hujumchisi Balotelli Chexiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1), avvallari u ko'p xatoga yo'l qo'ymaganligini aytib o'tdi.

“Oldin menda bunday holat bo'lmas edi. Omadim yurishmasada, lekin oxirigacha kurashardim .

Ayni paytda bizda yaxshi kollektiv shakllangan va bu jamoa eng qiyin vaziyatlardan ham chiqib keta olish imkoniyatiga ega.

Men muxlislardan minnatdorman, barchasi juda yaxshi bo'ldi, men bunday munosabatni kutmagandim. Ularga katta raxmat”, - deydi Balotelli.

Eslatib o'tamiz, “Milan” klubi hujumchisining 54-daqiqada penaltidan kiritgan goli italiyaliklarga jahon chempionatiga chiqishga imkoniyat yaratdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru