Marez "Chelsi"ga qarshi Angliya Superkubogini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 14:40
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyad Marez "Chelsi"ga qarshi Angliya Superkubogini o'tkazib yuborishi mumkin.

27 yoshli futbolchi "Bavariya"ga qarshi International Champions Cup-2018 uchrashuvida (3:2) jarohat oldi. Jazoirlik asosiy tarkibda maydonga tushidi, ammo birinchi bo'limning o'rtalarida almashtirildi. Marez Angliyaga qaytdi, biroq hozircha u faqat qo'ltiq tayyorlar yordamida harakat qilmoqda. Yaqin vaqt ichida futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi va jarohat og'irligi ma'lum bo'ladi.

Marez uch hafta avval "shaharliklar" futbolchisiga aylandi. "Manchester Siti" u uchun "Lester Siti"ga 68 mln. evro to'laydi.

"Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi 5 avgust kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph