Marchello Lippi Xitoy terma jamoasini tark etdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi ushbu jamoadagi faoliyatini to'xtatdi.

Xitoyliklar BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogining chorak finalida Eronga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Bu o'yin bilan Xitoy terma jamoasidagi shartnomam yakunlandi. Xitoydek mamlakatni boshqarish men uchun sharaf edi. Terma jamoa kuchliroq bo'lishi uchun bor kuchimni ishga soldim. Qo'llab-quvvatlash uchun hammaga rahmat aytaman" - deydi 70 yoshli mutaxassis.

Italiyalik murabbiy 2016 yildan beri Xitoy terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ФИФА