Marca: Muxlislar Messini ramziy terma jamoaga kiritishmadi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014, 16:50
Ispaniyaning "Marca" nashri o'z rasmiy saytida JCH-2014ning ramziy terma jamoasini tuzish borasida so'rov o'tkazdi.
So'rov yakunlariga ko'ra Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ramziy terma jamoaga kira olmadi.

O'quvchilarning ovozlariga ko'ra ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi: Noyer, Lam, Xummels, Vlaar, Maskerano, Xedira, Kroos, Xames Rodriges, Robben, di Mariya, Myuller.
 
Eslatib o'tamiz, Messi 2014 yilgi mundialning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com