Marca: "Lunin kelasi mavsum "Real"ning ikkinchi darvozaboniga aylanadi"

Xabaringiz bor, ukrainalik darvozabon "Ovedo" klubida ijara asosida to'p tepmoqda.

"Marca" nashri xabariga ko'ra, Andrey Lunin yozda "Real"ga qaytadi va Tibo Kurtuaning o'rindoshiga aylanadi. Takidlanishicha, PSJdan ijaraga olingan Alfons Areola Parijga qaytadi, u kelasi yil o'tkaziladigan Yevropa chempionatida o'ynash uchun doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda. Bu esa Ukraina terma jamoasi darvozabonining keyingi mavsumni "Real"da o'tkazish borasidagi imkoniyatlarini oshiradi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Segundaning 9 o'yinida "Ovedo" darvozasini qo'riqlagan 21 yoshli Lunin o'z darvozasidan 10ta to'p o'tkazib yubordi.


Manba: Marca