Maradona yana maydonga tushishga tayyor

21 fev 2014, 14:27
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradona o'yinchi safatida maydonga qaytadi, deb xabar beradi "L`Equipe".

Argentinaning beshinchi divizioni vakili bo'lgan “Deportivo Riestra” jamoasi, mamlakat futbol Federatsiyasidan 53 yoshli Diegoni o'yin ro'yxatiga qo'shish uchun ruxsat so'ragan.

Shuni takidlash kerakki, ushbu klub Maradonaning agenti va do'sti Viktor Stinfalega tegishli.


Manba: football.kulichki.net