Maradona Kavanining 100 ta goli yozilgan disklar sotuvini to'xtatdi

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013, 22:13
Afsonaviy futbolchi Diego Maradona sudda Napoli prezidenti Dino De Laurentisni yutib chiqdi.
Argentinalik sobiq futbolchi DVD dislarda o'zining rasmlaridan foydalanishganidan norozi bo'lgan, deb xabar bermoqda Calcio Napoli. Edinson Kavani Napolidan ketgach klub urugvaylik futbolchining 100ta goli yozilgan disklarni sotuvga chiqardi. 1984-1991 yillarda bu klub safida o'ynagan Maradonaning rasmlari esa o'zidan beso'roq disklarda ishlatilgan. Shu sababli disklar sotuvdan olib tashlandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net