Manuel Shvenk Yancer jamoasi bilan Ikkinchi Bundesligaga chiqdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2020, 12:23
Kelib chiqishi O'zbekistonga borib taqaladigan Manuel Shvenk o'ynayotgan Braunshveygning "Ayntraxt" klubi Ikkinchi Bundesligaga chiqdi.

Kecha "Ayntraxt" muhim o'yinda "Valdxof"ni 3:2 hisobida taslim qildi. Shvenk jamoasining ikkinchi golini urishga erishdi. Turning boshqa o'yinlarida qayd etilgan natijaga ko'ra "Ayntraxt" muddatidan avval 2-Bundesligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"Bunday mavsum hayotimda hali bo'lmagandi. Bunga erisha olishimizga hech kim ishonmagandi. Biz esa maksimumga ega bo'ldik" - deydi o'yindan so'ng "Ayntraxt" ustozi Marko Antverpen.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia