

"Xartning mushaklari bilan bog'liq muammo bor. Jo Xartni qachon safga qaytishi haqida aniq bir narsa deyish qiyin. Menimcha, Xart 10 kuncha maydonga tusha olmaydi. Sabaleta esa hali to'liq tiklangani yo'q. Mangala "Stok Siti" bilan o'yinda jamoamizga yordam bera oladi deb o'ylayman. Silvani safga qaytgani jamoamiz uchun juda muhim. Silva Aguero singari jamoaning asosiy figuralaridan biri. Uning o'rnini to'ldirish juda qiyin masala. O'tgan hafta jamoamiz uchun omadsiz keldi. "Sautgempton" ushbu mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Biz ularga qarshi o'yinda yaxshi o'ynashimiz zarur. Oldimizda turgan ikkita o'yin orqali biz avvalgi mavqeimizga qaytishimiz lozim", - dedi Manuel Pellegrini.



