Manuel Pellegrini: “Aguero “Real”da? Bunday mish-mishlarga ishonmayman”

2 dek 2013, 12:26
“Manchester Siti” klubi bosh murabiiyi Manuel Pellegrini, Serxio Agueroning “Real”ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Men bu haqda hech nima bilmayman va Serxio klubni tark etadi deb ham o'ylamayman. Shu sababli bu borada hech qanday muammo bo'lishi mumkin emas.

Bu kabi mish-mishlarga ishonmayman”, - deya ta'kidladi Pellegrini.


Manba: sports.ru