Mane bugungi o'yinda qatnashmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
17 mar 2019, 11:52
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane YCHL doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda o'ziga muammolar orttirib olgan ko'rinadi.

"Daily Mirror" xabariga ko'ra, senegallik futbolchi "qizillar"ning APL doirasida "Fulxem"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotlarida qatnashmagan. Aytilishicha, Yurgen Klopp hujumchining salomatligiga putur etkazmoqchi emas. U 100 foiz tayyor bo'lganidagina mashg'ulotlarga qo'shiladi.

"Fulxem" - "Liverpul" uchrashuvi bugun 19:15da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror