Mane "Bavariya" bilan kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
30 may 2022, 01:15
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane "Bavariya" bilan shartnoma borasida kelishib oldi.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, senegallik vinger myunxenliklar bilan uch yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashga kelishib olgan.

Germaniya chempioni "Liverpul"ga 30 million evro va qo'shimcha bonuslar taklif qilmoqchi. Oldinroq mersisaydliklar o'z hujumchisi uchun kattaroq summa talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira