Sadio Mane barmog'ini sindirib oldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
16 okt 2018, 14:37
"Liverpul" klubi va Senegal terma jamoasi forvardi Sadio Mane milliy terma jamoa mashg'ulotida jarohat oldi.

Bu haqda "Liverpool Echo" jurnalisti Ian Doyl o'zining tvittyerdagi sahifasida ma'lum qildi. Futbolchi chap qo'lining bosh barmog'ini sindirib olgan. Endi Mane APL 9-turi doirasida shanba kuni "Xaddersfild"ga qarshi o'tadigan bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/IanDoyleSport