Mane - avgust oyida Liverpulning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2016, 07:43
Liverpul klubi muxlislari Sado Maneni avgustning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.

24 yoshli senegallik futbolchi klub safida o'tgan oy uchta o'yin o'tkazdi - APLda 2ta va Liga kubogida 1ta. Bu o'yinlarda u 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

Mane 77 foiz ovoz oldi, ikkinchi o'rindagi Filippe Koutinoga 11 foiz ovoz berilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com