Manchinini Saudiya Arabistoni terma jamoasidan iste'foga chiqarishmoqda. Jamoa JCH saralashidagi 4ta o'yinda atigi 1ta g'alabaga erishdi

Alisher
20 okt 2024, 19:08
Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasidan iste'foga chiqariladi.

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi yaqin vaqtlarda italiyalik mutaxassisning iste'fosini e'lon qiladi. Manchinining ishdan olinishini Saudiya Arabistoni qiroli tasdiqlashi kerak, jarayon bugungi kun so'nggiga qadar ro'y berishi kutilmoqda.

Manchini iste'fosining sababi Saudiya Arabistoni terma jamoasining qoniqarsiz natijalari, shuningdek bosh murabbiyning jamoa bilan munosabatlariga putur etgani bilan izohlanmoqda. Federatsiya italiyalikning o'rniga "Al Hilol" sobiq murabbiyi Ramon Dias va 2019-2023 yillar Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqargan Erve Renar nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Manchini Saudiya Arabistoni termasiga o'tgan yilning avgustida Italiya terma jamoasidan ketgan holda kelgandi. Jamoa uning qo'l ostida Osiyodagi JCH-2026 saralashining so'nggi 4ta o'yinida atigi 1ta g'alabaga erishdi. Terma jamoa 5 ochko bilan o'z guruhida uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport