Manchini: "Kokorin bemalol "Real"da o'ynashi mumkin edi"

22 yanv 2021, 19:38
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Zenit"da ishlagan payti qo'l ostida o'ynagan Aleksandr Kokorin haqida fikr bildirdi.

"U haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman. Kokorin har qanday jamoada, shu jumladan, Madridning "Real" klubida ham bemalol o'ynashi mumkin edi. U juda tezkor, oyoq va bosh bilan kuchli zarba berish barobarida, ajoyib uzatmalarni amalga oshirishi mumkin", - dedi 56 yoshli mutaxassis "La Nazione" nashriga.

Xabaringiz bor, Kokorin faoliyatining keyingi qismini "Fiorentina"da davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Nazione