Manchini: "Italiyalik murabbiylar - dunyodagi eng zo'rlari"

Tolibjon Qosimov
19 sen 2014, 12:03
Italiyalik Roberto Manchini "Chelsi" ustozi Joze Mourinyoga javob berdi.
"Menimcha, Mourinyo hamon "Chelsi" bosh murabbiyi, Portugaliya futboli rahbari emas. Aynan federatsiya navbatdagi murabbiy kim bo'lishini aniqlaydi.

Fikrimcha italiyalik murabbiylar bu sohada eng zo'rlari. Raneri Gretsiyada muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonaman. Anchelotti esa "Real" bilan birga Chempionlar ligasini yutdi", - deydi Manchini.

Eslatib o'tamiz, Manchini Portugaliya terma jamoasida ishlashga yaqin turibdi. Mourinyo esa o'z vatani termasida faqat portugaliyalik murabbiy ishlashi kerakligini aytib o'tdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru