

"Qizil iblislar" 23 yoshli fransiyalik o'yinchini mudofaa chizig'ini kuchaytirish maqsadida o'z tarkibiga qo'shib olishmoqchi.
Issa Diopga "Manchester Yunayted"dan tashqari "Tottenxem" va "Chelsi" klublari raqobatlashmoqda.
Xabar qilinishicha, "Vest Xem" o'yinchi uchun 40 million funtdan ko'p mablag' taklif qilishsagina, Diopni sotish haqida o'ylab ko'rishadi.
Eslatib o'tamiz, Diop joriy mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushdi.



