Manchester Yunayted sobiq akademiya murabbiyi bilan muzokaralarni boshladi

Khoja
17 may 2024, 10:20
Manchester Yunaytedni boshqarish uchun yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

 Klub rahbariyati Ispich Taun jamoasi bosh murabbiyi Kiran Makkenna bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Hozircha muzokaralarning boshlang'ich bosqichi davom etmoqda. Yaqin kunlar ichida kelishuv haqida aniq ma'lumotlar paydo bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Kiran 2016-2021 yillar oralig'ida MYU akademiyasida faoliyat olib borgan. 2021 yilning ma'lum qismida esa katta jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

38 yoshli murabbiy 2021 yilning dekabr oyida Ispich Taunga bosh murabbiy etib tayinlandi. U joriy mavsum jamoani 22 yillik tanaffusdan so'ng yana APLga qaytardi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com