"Manchester Yunayted" Ronalduning o'rnini "Brentford" hujumchisi bilan to'ldirmoqchi

Alisher
17 iyul 2022, 15:34
"Manchester Yunayted" "Brentford" hujumchisi Ayvan Toniga qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli angliyalik uchun manchesterliklar "Nyukasl", "Vest Xem" va "Lids" bilan kurashadi. Qayd etish kerakki, Tonining MYUga o'tishi Krishtianu Ronaldu va Antoni Marsyalning klubda qolish yoki qolmasligiga bog'liq.

Hujumchi o'tgan mavsum "Brentford" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Tonining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror