"Manchester Yunayted" qozog'istonlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2023, 16:51
Himoyachi hozirda Rossiyaning "Zenit" klubi sharafini himoya qiladi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Qozog'iston terma jamoasi va "Zenit" klubi himoyachisi Nurali Alipga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El.kz nashri xabar berdi.

Inglizlarning so'nggi paytlarda katta miqdorda pul sarflagan futbolchilari o'zini oqlamayapti. Shu bois, klub endilikda mo'may mablag' evaziga iqtidorlarni jalb etmoqchi. Qolaversa, Maguayr va Evans kabi futbolchilar ishonchni to'la oqlamayapti. 

Transfermarkt qozog'istonlik futbolchini 2 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia