"Manchester Yunayted" PSJ xavbekini "Manchester Siti"dan ilib ketmoqchi

Alisher
15 dek 2024
"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" "Leyptsig"da ijara asosida o'ynayotgan PSJning niderlandiyalik xavbeki Xavi Simonsning xaridiga qiziqmoqda.

"Qizil iblislar" Ruben Amorim boshchiligida yozda tarkibni yangilamoqchi. Niderlandiyalik futbolchi mankunianlar murabbiyi rejalariga kiradi. Oldinroq, parijliklar o'z futbolchilari uchun kamida 80 mln evro xohlayotganlari ma'lum qilingandi. Simons uchun "Liverpul", "Barselona", "Arsenal", "Yuventus" va "Inter" klublari ham davogarlik qilmoqda.

Xavi Simons joriy mavsum "RB Leyptsig" tarkibida 11ta o'yinda 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: CaughtOffside