"Manchester Yunayted" o'yinchilari "sakrash"ni boshlashdi (FOTOGALEREYA)

Tolibjon Qosimov
13 iyul 2017, 12:34
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi AQSHdagi yig'inni davom ettirishmoqda.

Kecha Joze Mourinyo shogirdlari Los-Anjelesda uchinchi kun mashg'ulotlarini olib borishdi.


Kecha ertalabki mashg'ulotda quyosh porlab turdi va havo issiq edi.

Mourinyo o'yinchilarning chigalyozdi mashqlarni qanday bajarishayotganini kuzatib bordi.

Darvozabonlar - David De Xea, Serxio Romero va Joel Pereyralar alohida shug'ullanishdi.

Lukaku ham boshqalar qatori mashg'ulotlarga zo'r bergan.

"Mikrafon" ham Los-Anjelesda.

Mour futbolchilarni issiq havoda "sakratish"ni boshladi.

Bu mashq epchillik va chaqqonlikni sinash bilan birga oyoqlarga ham foyda.

So'nggi kunlardagi asosiy qahramonlar - Pogba va Lukaku.

Erik Bayi, Timoti Fosu-Mensa va Kris Smollinglarning kayfiyati a'lo darajada.

Antoni Marsyalning kulganini har doim ham ko'ravermaysiz.

Sakrashda davom etamiz.

Hozir hamma suv ichsin, keyin ikkiga bo'linib o'ynaymiz.

Bizni ham tushunadigan odam borakanku Serxi )


"DailyMail"dagi ma'lumotlar va "gettyimages"dagi suratlar yordamida Tolibjon Qosimov tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk