

"Manchester Yunayted" klubi "Milan" darvozaboni Mayk Menyanni Andre Onanaga mukammal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
MYU bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi avvalroq ma'lum qilingandi. Amorimni Onana ko'rsatayotgan o'yin qoniqtirmayapti. Shu sababli manchesterliklar Mayk Menyanni sotib olishni maqsad qilishgan.
Ma'lumot uchun, Menyan ushbu mavsum "Milan" safida 40 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu o'yinlar davomida kiper 46 ta gol o'tkazib yubordi va 11 ta quruq o'yin o'tkazdi.



