"Manchester Yunayted" mavsumni qaysi o'rinda tugatishi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
17 may 2017, 08:05
Angliya premer-ligasida qoldirilgan o'yinlar bo'lib o'tmoqda.

Kechagi ikki uchrashuvdan so'ng "Manchester Yunayted" mavsumni 6-o'rinda tugatishi aniq bo'ldi. Joze Mourinyo shogirdlari hisobida ikkita uchrashuv bor. Biroq unda qanday natija qayd etilsa ham klub 6-pog'onadan tepaga ham chiqmaydi, pastga ham tushmaydi.

Ma'lumot uchun, "qizil iblislar" Ser Aleks Fergyuson qo'l ostida premer-ligada 3-o'rindan pastga tushmagandi. Undan keyingi murabbiylar qo'l ostida 4-o'rindan tepaga chiqa olishmayapti.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: squawka.com