"Manchester Yunayted" "Lester Siti" futbolchisiga bo'lgan taklif narxini oshiradi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2018, 08:39
"Lester Siti" himoyachisi Garri Maguayr avvalgidek "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Mankunianlar Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun taklif narxini 73,6 mln. evroga etkazishga tayyor. Ammo avvaliga ular uch himoyachidan biri - Markos Roxo, Erik Bayi yoki Kris Smolling bilan xayrlashishlari kerak.

"Lester" Maguayrni sotmoqchi emas va u bilan yangi bitim imzolash niyatida. Ma'lumotlarga ko'ra, "Lester" futbolchiga haftalik maoshi 83 ming evro bo'lgan shartnoma taklif qilmoqchi.

So'ggi mavsum 25 yoshli futbolchi Angliya chempionatining 38ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail