“Manchester Yunayted” Lemina transferiga qiziqib qoldi

9 iyul 2019, 07:51
“Sautgempton” klubi yarim himoyachisi Manchesterga ko'chib o'tishi mumkin.

“Manchester Yunayted” hozircha “Nyukasl” bilan Shon Longstaff transferi borasida kelisha olmayapti. Shuning uchun jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bor e'tiborini “Sautgempton” a'zosi Mario Leminaga qaratishni lozim topmoqda. “Avliyolar” rahbariyati ham Marioni “Yunayted”ga qo'yib yuborishga tayyor.

O'tgan mavsum futbolchi APLda 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail